Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Toshkent viloyatining hokimi Davron Hidoyatov Olmaliq shahrida Mixail Magrilov boshchiligidagi Pricewaterhouse Coopers (PwC) xorijiy kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

ffd474df33caa001b98c13d69c8c76fc.jpg

Unda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Ilhom Norqulov, viloyat hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha o'rinbosari Najmidddinxo'ja Sharipov hamda PwC kompaniyasining bir guruh mutaxassislari ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun, dunyoning 157 davlatida o'z firmalar tarmog'iga ega mazkur kompaniya xalqaro miqyosdagi konsalting va audit xizmatlarini amalga oshirish faoliyati bo'yicha shug'ullanadigan etakchi tarmoqlardan biri sanaladi.

Kelishuvga ko'ra, endilikda kompaniya mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bo'yicha barcha yo'nalishlari o'rganib chiqilgach, tahlil qilinib, istiqbolli loyihalashtiriladi.

Bunda asosiy e'tibor viloyat hududida infrastrukturani yanada rivojlantirish, aholining mehnat bilan bandligini ta'minlash hamda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga qaratiladi.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimligi hamda kompaniya o'rtasida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish bo'yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.