Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Xorij tajribasi davlat xizmatlari ko'rsatishda afzalliklar yaratishi mumkin

photo2021-07-2817-29-35.jpg

Gruziya Respublikasidan tashrif buyurgan davlat xizmatlari ko'rsatishda qonunchilik masalalari bo'yicha xalqaro ekspert Giorgi TSxakaya Nurafshon shahrida bo'lib, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i Ilhomjon Abdusattorov bilan uchrashdi.

Unda davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida mavjud muammolar, ularning echimlari hamda sohani tahlil qilish va kelgusida takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishda e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan jihatlar xususida fikr almashildi. Shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirish bilan bog'liq loyihalar ham muhokama qilindi.

photo2021-07-2817-29-39.jpg

Maqsad — mamlakatimizda jismoniy hamda yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasiga oid qonunchilikni o'rganish va xalqaro tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdir.

Gruziyalik ekspert tomonidan O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasiga oid qonunchilikni o'rganish va xalqaro tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, qo'shma loyiha doirasida ishlab chiqilayotgan O'zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini rivojlantirishning besh yillik strategiyasi, Davlat xizmatlarini ko'rsatishda standartlar va tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ham ishlab chiqiladi.

Giorgi TSxakaya Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu erda olib borilayotgan ishlar bo'yicha soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

photo2021-07-2817-29-43.jpg