Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislari ixtiyoriy ravishda Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida malakasi oshiriladi va qayta tayyorlanadi.

Mintaqaviy markazlar kasb-hunar kollejlari o'quv bazasida faoliyat yuritadi.

Hududiy o'quv bazasi etib belgilangan kasb-hunar kollejlari ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Malaka oshirish 36 soatli dasturlar bo'yicha muntazamlilik asosida tashkil etiladi va fermer xo'jaliklari rahbarlarining 3 yilda kamida bir marta, fermer xo'jaliklari mutaxassislarining — 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishdan o'tishi tavsiya etiladi.

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash mintaqaviy markazlar bazasida oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar jumlasidan amalga oshiriladi.

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash ular bo'yicha amalga oshiriladigan yo'nalishlar ro'yxati, shuningdek qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tugatgan shaxslarga sertifikat taqdim etiladi.

Fermer xo'jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi bilan ushbu havola orqali to'liq ma'lumot olish mumkin.