Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Yoshlar bandligini ta'minlash hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida

 “Yoshlar daftar”iga  kiritilgan 40 778 nafar yoshlardan, 37 295 nafar yoshlarni bandligini ta'minlashga, 3 483 nafar yoshlarga ijtimoiy psixologik yordam ko'rsatish, sog'lig'ini tiklash masalalariga qaratildi.

Joriy yilning 20 may holatiga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
26 571 nafar yoshlarning muammolari ijobiy hal etildi.

Jumladan,

6 653 nafari yoshlar bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirildi;

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 2 148 nafar yoshlarga
85 mlrd.so'm imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi.

Er maydonlarini ajratish bo'yicha 11 614 nafar yoshlarga
0,25 gektardan jami 3 582 gektar er maydonlari ajratildi

Kasb-hunarga o'qitish orqali bandlikka ko'maklashish maqsadida yil boshidan bugungi kunga qadar 2 168 nafar yoshlar kasb-hunarga o'qitildi.

 “Yoshlar: 1+1” loyihasi asosida chorak davomida
1 898 nafar yoshlar tadbirkorlarga hamda “Ustoz-shogird" an'anasi doirasida 540 nafar yoshlar usta-hunarmandlarga biriktirildi.

Yoshlarga ijtimoiy psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha 1 550 nafar yoshlarga ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik yordam ko'satildi.

2021 yilning o'tgan davri mobaynida “Yoshlar jamg'armasi”da 17 mlrd.  155 mln. so'm mablag' shakllantirilib, 4 ming 569 nafar yoshlarn ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida 7 mlrd. 536 mln mablag' ajratildi.