Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Diqqat, e'lon

5dd2826b36ddd.jpg

Toshkent viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni, 2018 yil 7 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda davlat rahbarining 2021 yil 22 apreldagi videoselektor yig'ilishida xizmat hududlarida sohalarni isloh qilish, hududlarda xususiy tibbiyot sektorlarini rivojlantirish bo'yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy xizmat ko'rsatishni (shifoxona, tashxis markazi, stomotologiya va boshqalar) tashkil etish uchun quyidagi bo'sh er va bo'sh binolar mavjudligini ma'lum qiladi:

 Angren shahar tibbiyot birlashmasi shahar markaziy shifoxonasiga qarashli Potologik anatomiya bo'limi;
 Angren shahar markaziy shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo'limi;
 Angren shahar markaziy shifoxonasiga qarashli teri-tanosil kasalliklari bo'limi;
 Angren shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Sil kasalliklari bo'limi binolari;
 Bekobod shahar markaziy shifoxonasiga karashli eski kir yuvish bo'limi;
 Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi "Metallurg" shifoxonasi Tibbiy ko'rik bo'limi binolari;
 Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi Silga qarshi kurashish dispanserining statsionar bo'limi binosi;
 Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi Bolalar tish davolash poliklinikasining 1- qavati;
 Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi 3-sonli oilaviy poliklinikaning sobiq binosi;
 Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq sil kasalliklar shifoxonasi;
 Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq teri-tanosil kasalliklar shifoxonasi binolari;
 Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi Eski sobiq ShTTYo binosi;
 Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi Tug'ruq bo'limi oldida tugatilmagan 4 qavvatli bo'sh bino;
 Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi eski sobiq 2 qavvatli Terapiya bo'sh binosi;
 Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi Xonobod MFY Shifokorlar ko'chasi 295-uy manzilidagi oilaviy poliklinika;
 Bo'ka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 10-sonli Xo'jaqo'rg'on QOP eski binosi;
 Bo'ka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Y.Xojimetov QVP eski binosi;
 Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi Bekobod TTB KTMP (eski bolalar) binosi;
 Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi Bekobod TTB KTMP (eski omborxona) binosi;
 Parkent tuman tibbiyot birlashmasi sobiq Sohil QVP binosi;
 Parkent tuman tibbiyot birlashmasi sobiq Oq-tepa QVP binosi;
 Parkent tuman tibbiyot birlashmasi sobiq Nevich QVP binosi;
 Parkent tuman tibbiyot birlashmasi 44-QOP eski binosi;
 Chinoz tuman tibbiyot birlashmasi sobiq YAllama 63- QOP eski binosi;
 Chinoz tuman tibbiyot birlashmasi Ayollar va bolalar maslahatgohi;
 Chinoz tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq Erkin PAP eski binosi;
 Chinoz tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq Achamayli PAP eski binosi;
 Quyi Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxona hududidagi bo'sh er maydon;
 Quyi Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi sobiq 3-bo'lim qishloq vrachlik punkti;
 Quyi Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi Do'stlik sobiq QVP binosi;
 O'rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi sobiq ambulatoriya binosi;
 Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo'sh turgan er maydoni.

Ma'lumot uchun telefonlar:
+99897 404 58 44
+99899 610 58 44