Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Davlat o'rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish

Bu qanday ishlaydi?


1. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
2. Ariza beruvchi so‘rovnomani to‘ldiradi va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi. DXM yoki YAIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani tuman (shahar) hokimligiga va Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuboradi.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi 5 ish kun mobaynida daraxtlar va butalarning holatini, shuningdek, ularning kesilishi bo‘yicha muvofiqligini o‘rganadi. Hamda tuman (shahar) hokimligiga, shuningdek, DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YAIDXP orqali ruxsatnoma berish uchun to‘lov miqdorlarini ko‘rsatgan holda xulosani yuboradi.
4. Ariza beruvchi 4 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa olingandan so‘ng xulosada ko‘rsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun to‘lovni amalga oshirishi zarur.
Tuman (shahar) hokimliklari 1 ish kuni mobaynida Davlat ekologiya qo‘mitasi organining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda ruxsatnomani berish uchun to‘lov to‘langanidan so‘ng 5. ruxsatnomani rasmiylashtirib, o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi. Ruxsatnomani DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboradi.


Tashkilot
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi


Bog‘lanish
telefon: +998 (71) 207-07-70
ichki raqam: 1026#, 7001#
e-mail: info@uznature.uz


Xizmatdan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar


Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar
Onlayn ariza.


Xizmatni ko‘rsatish muddati
6 ish kuni mobaynida


Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi "Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 255-son qarori


Xizmat narxi
BHMning 27% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 30%).
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
Yig‘im - 0.27 BRV (66150.00 UZS)