Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi ijrosi hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlari va tranformatorlarni yangilash chora-tadbirlari to'g'risida ma'lumot 01.04.2021 yil holatiga

O'zbekiston Rkspublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturito'g'risidagi 2021 yil 3 fevral' PF-6155-son Farmoni va 2021 yil 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida va Halq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarini uzviy davom ettirish orqali hududlarning yo'l transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'ektlarini barpo etish hamda u asosida aholining farovonligi va turmush tarzini yanada yuksaltirish maqsadida, viloyatdagi 133 ta og'ir mahalla fuqarolar yig'inlaridan 2021 yil "Obod qishloq" dasturiga tumanlardan 32 ta va shahar fuqarolar yig'inlaridan "Obod mahalla" dasturiga 15 ta, jami 47 ta mahallalar  kiritildi.

Tuman (shahar)larda shakllangan ro'yhatdan 2021 yil davlat  dasturiga kirmagan 86 ta mahalla fuqarolar yig'inlarini 2022-2023 yillarga mo'ljallangan "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturiga  kiritish rejalashtirilmoqda.

Jumladan:

“Obod qishloq” dasturi doirasida 2021 yilda qurilish va obodonlashtrish ishlari amalgga oshiriladigan 32 ta mahallalarning manzilli ro'yhati

Bekobod tumani-Achamayli, Pahtakor MFY,

Bo'ka tumani-Dashtobod, Moytepa (Samarqand qishlog'i), Mirzabek MFY

Bo'stonliq tumani-Talpin, Qoramazor MFY

Zangiota tumani-Namuna, Sahovat MFY

Qibray tumani-Ho'jaqo'rg'on, Chinobod MFY

Quyichirchiq tumani-Yulduz, Mevazor MFY

Oqqo'rg'on tumani-Madaniyat, Eltamg'ali MFY

Ohangaron tumani-Gulobod, Qiziloy MFY

Parkent tumani-Bo'ston, Surhi MFY

Piskent tumani-Oqtom, Chimqo'rg'on MFY

Toshkent tumani-Chuvalachi. Kensoy MFY

O'rtachirchiq tumani-Halqobod, Yangiobod MFY

Chinoz tumani- Gulzorobod, Navro'z MFY

Yuqori Chirchiq tumani- Qangli, Qo'rsoy, Buloqboshi MFY

Yangiyil tumani-Nihol, Said-ota MFYlari.

 “Obod mahalla” dasturi doirasida 2021 yilda qurilish va obodonlashtrish ishlari amalgga oshiriladigan 15 ta mahallalarning manzilli ro'yhati

 Angren shahri-Taraqqiyot, Istiqlol MFY.

Bekobod shahar- Taraqqiyot, Buloqariq MFY.

Nurafshon shahri- Oppoq, Navro'z, Bobur MFY

Olmaliq shahri- Olmaliqsoy, Zarbuloq MFY.

Ohangaron shahar- Nog'ayqo'rg'on, Guliston MFY

Chirchiq shahri- Umid, Yoshlik MFY

Yangiyo'l shahri- Qovunchi tepa, Baht MFY

 Ijtimoiy-iqtisodiy holati eng og'ir bo'lgan 10 ta qishloq va mahallalar ro'yhati va ularda olib borilgan ishlar

  1. Bekobod tumani “Pahtakor” MFY
  2. Bo'ka tumani “Dashtobod” MFY
  3. Bo'stonliq tumani “Talpin” MFY
  4. Qibray tumani “Jo'jaqo'rg'on” MFY
  5. Quyi Chirchiq tumani “Yulduz” MFY
  6. Ohangaron tumani “Gulobod” MFY

    (“Yangiqishloq”) aholi punkti

  1. 7. Parkent tumani “Bo'ston” MFY
  2. Piskent tumani “Oqtom” MFY
  3. Chinoz tumani “Navro'z” MFY
  4. Yangiyo'l tumani “Nihol” MFY

Qibray tumani  “Ho'jaqo'rg'onMFY hududida Ho'jaqo'rg'on, Tantana, Baraka, Tabassum, Hotira, Adolat, Baraka, jami 7 ta  ko'chalari  mavjud bo'lib,  obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borildi. Tantana ko'chasining 4-tor ko'chasi va asosiy qismiga  2500 metr masofasiga  to'kilgan  shebenni yoyish ilari olib borildi, ushbu hududidagi 8-ta avariya holatidagi ichimlik suv quvurlari ta'mirlanib, baraka asosiy ko'chasining zovurlari tozalanib 82 ta honadonlar obodonlashtirilib  2 000 dan ortiq manzarali va mevali daraht ko'chatlari ekildi.

Mahalla binosining tashqi devor oldidan pensionerlar foydalanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida  28 metrlik kichik yo'lka tashkil qilindi, mahalla hududidagi 8-ta honadonni ikki bosqichli gaz bosimiga o'tkazish uchun jami 6 ta reduktor gaz regulyatorlari hamda jami 700 metr  gaz quvurlari kraska qilindi. Ho'jaqo'rg'on jo'me masjidining devor qismini shuvoq ishlari olib borilib, masjidning 25 metr va mahalla binosi panjaralarida bo'yash ishlari olib borilib, archa hamda manzarali ko'chatlar ekildi. Mahalla hududidagi Baraka ko'chasiga kirib keluvchi gaz quvuri ta'mirlandi, Baraka ko'chasining        8-tor ko'chasiga jami 160 metr honadonlarga gaz quvurlari ulash uchun olib kelindi. Ho'jaqo'rg'on jo'me masjidining fasad qismiga rang berilib masjidning  kirish qismi oldi tamoni shifti plastik bilan qoplandi. Baraka ko'chasidagi noqonuniy qurilmalarni buzib, tozalash uchun tehnikalar yordamida ishlar olib borildi.

Bo'stonliq tumani  “Talpin” MFYda  “Og'ir hudud” dasturi bo'yicha chora – tadbirlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Bo'stonliq tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2021 yil 10 fevraldagi 4-sonli buyrug'iga asosan, “Talpin” MFY hududida aholi turmush tarzini yahshilash, mahalla ko'chalarini obodonlashtirish maksadida, tuman hokimligi, tuman FVB, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla va oilani qo'llab quvvatlash bo'limi hodimlari hamda Mazkur tadbirga Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan har kuniga 97 nafar harbiylar va Bo'stonliq tumani obodonlashtirish boshqarmasi hodimilari  bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

“Talpin” Mahalla fuqarolar yig'inida 3 988 metrlik (lotok) ariqlar tozalandi va ushbu  ariqlardan chiqgan  chiqindilar  olib chiqildi, 500  metrlik  ichimlik suv quviri yotkazildi.  38  ta  tungi yoritigichlar   yangisiga almashtirildi.  4 ta ko'chalarning 3 820 metriga qum-shag'allar yotkazildi va ushbu yotkazilgan qum-shag'allar greyder va harbiy  hizmatchilar yordamida  tekislandi. 6 ta honodonning  tomorqalari  obodonlashtirildi, darahtlariga shakl  berilib, oqlandi, shundan 1 ta honodonning fasad qismi  oqlandi.  1 500 metr  uzinlikdagi gaz quvirlarini  bo'yash  ishlari  amalga  oshirildi. Hududda 1 ta qabriston mavjud bo'lib ushbu qabriston obodonlashtirildi va  darahtlariga shakl berilib, oqlandi. 8 nafar  fuqarolar  tomonidan noqonuniy egallab olingan erlarning to'siqlari ochilib ekilgan darahtlariga shakl berildi va ushbu joylar  obodonlashtirildi.     Tadbirlarga  41 ta  mahsus tehnika  jalb qilindi.

Chinoz tumaniNavro'z MFYda Samarqand ko'chasi, Yoshlik ko'chasi va  Hurriyat ko'chalariga 680 m shag'al yotkizildi, honadon tomorqalari chopilib ekin ekish uchun tayorlandi va ko'cha yuzlaridagi 1 200 ta darahtlar oqlanib shakl berildi. Orasta ko'chasidagi 72 ta honadonlarini elektr energiya manbaini yahshilash maqsadida  1 ta transformator qo'yildi.

Bo'ka tumaniDashtobod MFY 6 ta ko'cha mavjud bo'lib, har bir ko'chaga 18-22 mashinadan shag'al tashlanib, yo'llar tekislandi. MFY hududidagi ko'chalarga 180 tup manzarali, 1 100 mevali va 1 860 tup gul ko'chatlari ekilib,  2 400   dona darahtlarga shakl berildi. 3,6 km ariq va zovurlar tozalanib,  121 tonna  chiqindilar olib chiqib tashlandi. Dehqonvul va Mingterak ko'chalaridagi 2 ta ko'prik to'liq ta'mirdan chiqarildi. Mingterak va Gulzor ko'chalaridagi elektr trasformatorlar to'liq ta'mirdan chiqarildi. Gulzor ko'chasidagi 35 dona, Dehqonvul ko'chasidagi 25 dona eskirgan elektr simyog'ochlar almashtirildi. Ko'chalardagi 800 metr gaz quvurlari ta'mirlandi va bo'yaldi. Gulzor ko'chasidagi 3 ta honadon homiylar hisobidan fasad qismi ta'mirdan chiqarib berildi.

Piskent tumanida “Obod qishloq” dasturi chora–tadbirlarini ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi aholi uchun dolzarb muammolari ko'p bo'lgan og'ir hududlar ro'yhatiga kirgan “Oqtom mahalla hududida jami 15 ta ko'chalar mavjud bo'lib, Bodomzor, Navro'z, Vodiy  ko'chalarida obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borildi,  ko'chalardagi ariq va zovurlari tozalanib,  82 ta honadonlar obodonlashtirilib 1 200 dan ortiq manzarali va mevali daraht ko'chatlari ekildi.

Mahalla binosini tashqi ko'rinishi oqlanib eshik va derazalar kraska qilindi. Hududagi qabriston devor qismini suvash ishlari, panjaralarida bo'yash ishlari va archa hamda manzarali ko'chatlar ekildi.

Ohangaron tumani Gulobod MFY Charog'on va Istiqlol ko'chasining  2 km yo'l qismiga shag'al solindi va  22 ta simyog'ochlar temir- beton simyog'ochlariga almashtirildi. Gulobod mfyga qarashli Yangi qishloq suv saqlagich ta'mirlanib, bo'yoq qilindi. Atrof muhitda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. 30-40 tonna mahalliy chiqindilar olib chiqildi. Aholi honadonlarida darahtlarga ishlov berish ishlari olib borilmoqda. Ishsiz bo'lgan yoshlar Sh.Suyunboev va F. Begimovlarga 1 gektar er maydoni ajratib berildi.

Bekobod tumani Pahtakor MFYning Chegarachilar ko'chasida 3 km masofaga shahal yotqizildi. 1 050 dona mevali va manzarali ko'chatlar ekilib, 2 000 dona mevali ko'chatlarga ishlov berildi. 70 ta honadonning fasad qismi ta'mirlandi. Ko'chalar kesimida jami 1 700 metr zovur va ariqlar tozalanib, 8 tonna chiqindilar olib chiqib ketildi. Muruvvat ko'chasidagi 6 ta elektr simyog'ochlar o'rniga yangi temir beton simyog'ochlar qo'yildi, ulardan 4 tasiga kechki yoritgich chiroqlari o'rnatildi. MFY hududidi 1 ta qabriston bo'lib, uning 1,2 gektar er maydoni obodonlashtirildi. MFY binosining tom qismi ta'mirlandi. Shu kunga qadar jami MFY hududidagi 2 560 gektar er maydonlari obodonlashtirildi.

Quyichirchiq tumani Yulduz mahalla fuqarolar yig'inida ko'chalardagi ta'mirtalab  gaz quvurlari qayta ta'mirlanib, 0.5 km uzunlikdagi quvurlar bo'yaldi. 100 tup darahtlarning taglari oqlandi. Aholi tomorqalarida va yo'l chekkalariga 300 tupdan ortiq daraht ko'chatlari, 200 tupdan ortiq gullar ekildi. 3.7 km uzunlikdagi ichki ariqlar tozalandi. 2.5 tonna miqdordagi chiqindilar chiqarib tashlandi. Oqchangal, Qoramozorbuva qabristonlarida jami 1 gektardan ortiq maydoni obodonlashtirildi. Mahalladagi 1.5 gektardan ortiq maydon tozalanib, obodonlashtirildi.

Parkent tumani  Bo'stonMFYda 2021 yilda mahalla fuqarolar yig'ini hududdida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmokda. Shundan, elektr tarmoqlari tortish va almashtirish, bo'yicha 3 dona tayanch ustunlar almashtirildi, ichimlik suv tarmog'ini ta'mirlash bo'yicha jami 500 metr, gaz tarmoqlari ta'mirlash bo'yicha jami 300 metr hamda 0,5 tn suyultirilgan gaz tarqatildi. Ichki avtomobil' yo'llari, yo'l ko'priklari va boshqa yo'l infratuzilmasi ob'ektlarining holatini o'rganish natijasida 530 m yo'llar qum-shag'al aralashmasi va chaqiq tosh yotqizish yo'li bilan ta'mirlandi. Ijtimoiy soha ob'ektlari, shu jumladan, maktabgacha ta'lim, tashkilotlari va sport ob'ektlari, oliy ta'lim va sog'liqni saqlash (QVP, oilaviy poliklinika va tibbiyot punktlari va boshqalar)muassasalarning joriy holatini o'rganish natijasida 2 ta muassasalarda muammolar aniqlandi hamda 2 ta muammoli holatlar bartaraf etildi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan biriktirilgan 100 nafar yong'in-qutqaruvchilar va tuman tashkilotlari bilan birgalikda tumanidagi har bir mahallalarga jalb etilib, obodonlashtirish ishlari ya'ni ko'kalamzorlashtirish, mahalla hududidagi ichki yo'llarni chiqindilardan tozalash, darahtlarni oqlash va shakl berish va boshqa bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangiyo'l tumani “Nihol” MFYda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga 250 nafar hasharchilar va 15 ta mahsus avtomobillar jalb etilib, 2 km masofadagi ko'chalarga shag'al yotqizildi, 3 ta qabristonlarda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil qilindi. Undan tashqari o'ta og'ir sharoitda yashayotgan yordamga muhtoj oilalalarning honadonlari va fasad qismi ta'mirlab berildi, 3.5 km masofadagi ariq va zovurlar tozalandi va 12.3 t chiqindilar olib chiqib tashlandi. 450 tup mevali va manzarali darahtlar ekildi, 2 ta chiqindihonalar tartibga keltirilib ta'mirlandi, 27 ta honadonlardagi kam taminlangan tomorqa egalarining er maydonlariga ishlov berishda ko'maklashildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 360 ta mevali va manzarali daraht ko'chatlari bepul berilib, 6 ta honadonlarga issiqhonalar qurib berildi.