Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Germaniya banki qishloq xo'jaligida yoshlar bandligini ta'minlash loyihasini moliyalashtirmoqchi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Xalqaro hamkorlik bo'yicha German Sparkassenstiftung tashkilotining O'zbekistondagi rahbari va uzoq muddatli eksperti Matxias Vangler bilan uchrashdi.

Samimiy va do'stona ruhda bo'lib o'tgan suhbat jarayonida yoshlarni qishloq xo'jaligi tarmoqlari bo'yicha tadbirkorlikka jalb etish, ularning g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, kreditlash, bank bilan hamkorlikda ishlash va biznes yuritishning istiqbolli yo'llari kabi o'ndan ortiq masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuvda Matxias Vangler Germaniya Federatsiyasining 200 yillik tajribaga ega Sparkasse banklar guruhining faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Xususan, ushbu mazkur nufuzli banklar guruhi Germaniyaning ko'p yillik moliyaviy tashkiloti bo'lib, Germaniya bo'ylab 12 mingta filiali mavjud va hozirda dunyo bo'ylab 50 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritmoqda.

Uning uzoq muddatli ekspertlari O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, “Agrobank” ATB, Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB bilan hamkorlik qilib, mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar ko'rsatishni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish bo'yicha yangi loyiha doirasida faoliyat olib boradi.

Suhbat davomida yosh tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish, o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan kelgusi rejalar belgilab olindi.