Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Bir kunda 400 dan ortiq pnevmoniya holatlari qayd etildi

Kecha, 16 iyul O'zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshib, umumiy kasallanish holatlari 118881 nafarni tashqil etmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, kun davomida eng ko'p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (115), Jizzax viloyati (57), Toshkent viloyati (51), Surxondaryo viloyati (35) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (33) qayd etilgan.

Bundan tashqari, pnevmoniya holatlarida ham o'sish kuzatilmoqda. Kun davomida 416 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi (bir kun oldin 357). Bu Sog'liqni saqlash vazirligi pnevmoniya holatlari bo'yicha statistik ma'lumotlarni e'lon qilishni boshlagan 5 iyuldan beri eng yuqori ko'rsatkich.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 793 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik ma'lumotlariga asosan, 16 iyul holatiga ko'ra koronavirusga qarshi to'liq emlanganlar soni 997,34 nafarga etdi. Jami 5,5 mln doza vaktsinadan foydalanildi.