Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Biloyat hokimi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent filialida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi

Bugun Toshkent viloyati hokimi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent filialida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.

photo2021-05-1418-18-55.jpg

Ushbu muassasaga shifo istab kelgan fuqarolarga hayit tabrigi etkazilib, sovg'a-salomlar ulashildi.

Markaz direktori, Tibbiyot fanlari doktori A.N.Abdihakimovning aytishiga ko'ra, filialda keng ko'lamda tahlillar o'tkazadigan “Rentgenodiagnostika”, “Ultratovush va endoskopiya”, “Klinik-tsito-bioximiya laboratoriya”, Patogistologik laboratoriya” kabi diagnostik bo'limlar faoliyat ko'rsatadi. Shuning bilan birga viloyatimizda so'nggi yillarda xavfli o'sma kasalliklar bilan birlamchi kasallanish holati 543 tadan 637 taga, umumiy bemorlar soni 10096 tadan 10550 taga oshgan. Bemorlar murojaati 25084 tadan 24486 taga, davolangan bemorlar soni 2846 nafardan 2883 nafarga oshgan. Bu ko'rsatkichlarni kamaytirish maqsadida bemorlarga yanada qulay sharoitlar yaratilishi to'g'risida fikrlar bildirildi.

photo2021-05-1418-18-54-2.jpg

photo2021-05-1418-18-54.jpg