Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Armaniston elchisi YAngiyo'lga nima uchun bordi?

Armanistonning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aram Grigoryan boshchiligidagi xorijiy delegasiya vakillari YAngiyo'l shahriga tashrif buyurishdi.

photo_2021-04-07_06-53-58.jpg

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad - bugungi kunda YAngiyo'l shahrida ijtimoiy, iqtisodiy va qurilish kabi bir qator yo'nalishlar bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish, investisiya sohasida olib borilayotgan hamkorlik istiqbollarini yanada mustahkamlashga qaratildi.

photo_2021-04-07_06-53-58 (2).jpg

Tashrif davomida delegasiya a'zolari hududdagi "Fashion Jeans Garment" va "New action textil" eksportyor korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi.


photo_2021-04-07_06-53-57.jpg

Shuningdek, A.Grigoryan boshchiligidagi delegasiya vakillari YAngiyo'l shahar bozori hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi. Shu bilan birga armanistonlik mehmonlar «ZHENG FANG INVESTMENT» xorijiy kompaniyasining savdo, uy-joy hamda mehmonxona kompleksi loyihasini borib ko'rishdi.

photo_2021-04-07_06-53-58 (3).jpg

Uchrashuv yakunida armanistonlik yuksak martabali mehmonga shahar hokimligi tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etildi.