O'zbekistonda 28 iyul kuni pandemiya boshidan beri antirekord yanglilandi — 879 kishi koronavirusga chalindi. SOVID-19 rasman qayd etilganlar soni 127 506 nafarga etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. SSV pnevmoniya holatlarini berishni boshlagan sanadan beri ushbu kasallik aniqlanganlar soni 9252 nafarga etdi.

6mhpro16275355395772l.jpg

28 iyul kuni 573 nafar bemor kasallikdan sog'ayib, sog'ayganlar jami 121 718 nafarga etdi va sog'ayish ko'rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 859 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o'tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma'lumot bermayapti.