Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

Alimentdan qariyb 12 mln so'm qarzdorligi bo'lgan erkak sobiq turmush o'rtog'ining joniga qasd qildi

3-29.jpg

YAngiyo'l shahrida alimentdan qariyb 12 million so'm qarzdor erkak sobiq turmush o'rtog'ini pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo” nashriga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo'yicha YAngiyo'l tumanlararo sudining 2021 yil 20 yanvardagi ijro varaqasiga asosan, voyaga etmagan 3 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun undiruvchi Sh.A. foydasiga qarzdor A.O.ning daromadidan yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro varaqasi byuroning YAngiyo'l shahar bo'limi ish yurituviga 2021 yil 4 fevralda kelib tushgan.

Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor aliment to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovlab kelgan. Natijada uning qarzdorligi 2021 yil 10 sentyabr holatiga 11 million 864 ming so'mni tashkil etgan.

Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi B.Ismatillaev aliment to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovlagani sababli, qarzdor O.A. ga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-4-moddasiga (voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash) asosan ma'muriy javobgarlik masalasini ko'rib chiqish uchun ishni sudga taqdim etishini ma'lum qilgan.

Shundan so'ng, 2021 yilning 10 sentyabr kuni MIB YAngiyo'l shahar bo'limiga qarzdor O.A. va undiruvchi Sh.A. kelishgan.

Davlat ijrochisi hujjatlarni rasmiylashtirayotgan bir paytda qarzdor O.A. o'zi bilan yashirib olib kelgan oshxona pichog'i bilan kutilmaganda sobiq turmush o'rtog'iga tashlanib, uning tanasining qo'l va elka qismlariga bir nechta tan jarohati etkazgan.

Davlat ijrochisi B.Ismatillaev va boshqa bo'lim xodimlarining faol harakatlari bilan fuqaro O.A.ning keyingi agressiv hujumlari to'xtatib qolingan.

Byuroning YAngiyo'l shahar bo'limi xodimlari tomonidan voqea haqida YAngiyo'l shahar IIB xodimlari va tez tibbiy yordam xizmatiga ma'lum qilingan va fuqaro O.A. ichki ishlar xodimlari tomonidan voqea joyidan olib ketilgan.

Tan jarohati olgan fuqaro Sh.A. zudlik bilan tez yordam brigadasi orqali shifoxonaga etkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan YAngiyo'l shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o'ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.