Stop COVID19 Sayt test rejimda ishlamoqda
ISHONCH TELEFONI
(0 371) 200 88 11
YAGONA TELEFON
(0 371) 232 80 63

“Ayollar daftari”ga kiritilgan hotin-qizlarga ko'rsatilgan yordamlar to'g'risida ma'lumot 01.04.2021 yil holatiga

Toshkent viloyati bo'yicha “Ayollar daftari”ga jami 37 709 nafar ayollar kiritilgan shundan 19 067 nafariga yordam ko'rsatilgan yoki belgilangan reja 50,6 foiz bajarilgan.

Jumladan, 18256 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib 30 mart holatiga  8 815 nafarini bandligi ta'minlangan.

3815 nafari boquvchisini yo'qotgan ehtiyojmand ayollar ro'yhatga kiritilgan, shundan 1782 nafariga yordam ko'rsatildi.

786 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1-guruh nogironligi bo'lgan ayollar ro'yhatga kiritilgan, shundan 280 nafariga, 2307 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 2-guruh nogironligi bo'lgan ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 822 nafariga yordam ko'rsatildi.

512 nafar uy-joyini ta'mirlashga muhtoj 1-guruh nogironligi bo'lgan ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan  95 nafariga yordam ko'rsatilgan.

1145 nafar noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o'zining yoki birgalikda yashovchi oila a'zolarining nomida turar-joy mavjud bo'lmagan ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 270 nafariga yordam ko'rsatilgan.

972 nafar qaramog'ida bir va undan ortiq nogironligi bo'lgan bolalari mavjud yolg'iz ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 399 nafariga yordam ko'rsatilgan.

4889 nafar tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 2454 nafariga yordam ko'rsatilgan.

3023 nafar huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 2404 nafariga yordam ko'rsatilgan.

2004 nafar psihologik yordam olishga olishga muhtoj ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 1746 nafariga yordam ko'rsatilgan.

       Sektorlar kesimida tahlil qilinganda:

1-SEKTOR bo'yicha jami 10596 nafar ayollar ro'yhatga kiritilgan shundan 5427 nafariga yordam ko'rsatilgan yoki belgilangan reja 51,2 foizga bajarilgan.

2-SEKTOR bo'yicha jami 9326 nafar ayollar ro'yhatga kiritilgan shundan 4763 nafariga yordam ko'rsatilgan yoki belgilangan reja 51,1 foizga bajarilgan.

3-SEKTOR bo'yicha jami 9359 nafar ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 4634 nafariga yordam ko'rsatilgan yoki belgilangan reja 49,5 foizga bajarilgan.

4-SEKTOR bo'yicha jami 8428 nafar ayollar ro'yhatga kiritilgan bo'lib, shundan 4243 nafariga yordam ko'rsatilgan yoki belgilangan reja 50,3 foizga bajarilgan.